Bo'sh ish o'rinlari
Mijozlar bilan uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘ya oladigan va belgilangan maqsadlarga erisha oladigan xodim izlayapmiz. O‘zingizga ma’qul kelgan bo‘sh ish o‘rniga quyidagi shakl orqali ariza yuboring.
Bo‘sh ish o‘rinlari
Sotuv bo‘yicha menejer
Mijozlar bilan uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘ya oladigan va belgilangan maqsadlarga erisha oladigan xodim izlayapmiz.
Vazifalar:
- Kompaniyaning o‘z kosmetika mahsulotlari (NURSKIN, OYU, OPTIME brendlari) hamda buyurtma asosida mahsulot ishlab chiqarish xizmatlarini faol targ‘ib qilish va sotish;
- B2B, chakana savdo, HoReCA va distribyutorlik yo‘nalishlarida yangi mijozlarni izlash va jalb qilish (klinikalar, go‘zallik salonlari, kosmetologiya markazlari, savdo tarmoqlari, mehmonxonalar, restoranlar va distribyutorlar);
- Bo‘lajak hamkorlar bilan muzokaralar, taqdimotlar va uchrashuvlar o‘tkazish;
- Mavjud mijozlar bilan muntazam ishlash va hamkorlikni rivojlantirish;
- Tijorat takliflarini tayyorlash va hamkorlik shartlarini kelishish;
- Hujjatlar yuritilishi, to‘lovlar va mahsulotlar jo‘natilishini nazorat qilish;
- Sotuv rejasini bajarish;
- Sohaga oid ko‘rgazmalar, o‘quv mashg‘ulotlari va tadbirlarda qatnashish;
- Bozorni kuzatish, raqobatchilar faoliyatini tahlil qilish va rivojlanish uchun yangi imkoniyatlar izlash.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
- Faol sotuv sohasida kamida 1 yillik tajriba;
- Yangi mijozlarni mustaqil izlash va jalb qilish tajribasi;
- Mijoz bilan mustaqil ishlash va bitimlarni muvaffaqiyatli yakunlash qobiliyati;
- Muzokara olib borish, mijozning e’tirozlariga asosli javob bera olish ko‘nikmalari;
- Go‘zallik, teri parvarishi yoki kosmetologiya sohasidagi ish tajribasi ustunlik beradi;
- Yirik mijozlar bilan ishlash (KAM) tajribasi bo‘lsa, ma’qul;
- Mas’uliyatlilik, ishga tizimli yondashish va mayda jihatlarga ham e’tiborli bo‘lish;
- Og‘zaki va yozma fikrni ravon, savodli ifodalay olish;
- Tashabbuskorlik, odamlar bilan yaxshi til topisha olish va natijaga intilish;
- Mijozlar bilan uchrashish uchun ularning manziliga borishga tayyorlik.
Biz taklif qilamiz:
- Belgilangan oylik maosh va sotuv natijalariga qarab bonuslar;
- Asosiy maosh miqdori tajribangizga qarab, suhbat yakunida kelishiladi;
- Doimiy 5/2 ish tartibi;
- Ishni boshlash vaqtini tanlash imkoniyati: 08:00, 09:00 yoki 10:00;
- O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga qabul qilish;
- Jadal rivojlanayotgan kompaniyada kasbiy o‘sish hamda go‘zallik sohasida kuchli mahalliy brend yaratishga intilayotgan jamoada ishlash imkoniyati;
- Xodimlar uchun chegirmalar;
- Ofisda ishlash va mijozlar huzuriga borib uchrashuvlar o‘tkazish.